Jahon | 13:39 / 29.07.2025
1332
2 daqiqa o‘qiladi

Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Ukraina armiyasi Rostov viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Ulardan biri mashinaga borib urilgan – ichidagi haydovchi halok bo‘lgan, deb xabar berdi gubernator vazifasini bajaruvchi.

Foto: Komsomolskaya pravda

Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Rostov viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Bu haqda 29 iyul, seshanbaga o‘tar kechasi viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, UUAdan biri avtomobilga borib urilgan. Ichkaridagi haydovchi halok bo‘lgan, uning shaxsi aniqlanmoqda. Zarba natijasida temiryo‘l vokzalida ham yong‘in kelib chiqqan – dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. «Zavodskoy» mikrorayonida dron qulashi oqibatida qurigan o‘tlar yonib ketgan, Salskda esa xususiy uyning tomi shikastlangan, oynalari singan.

Donetsk viloyatining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan qismida 29 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi natijasida 150 mingga yaqin odam elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar bermoqda Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalari mahalliy «Donetskenergo» kompaniyasiga tayanib.

Donetskda 105 mingga yaqin, Makeyevkada 35 mingga yaqin va Yasinovataya shahrida 15 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qolgan.

Mavzuga oid