Jahon | 10:08
4593
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York markazida otishma: 5 kishi halok bo‘ldi

28 iyul kuni Manhetten markazidagi osmono‘par binoda qurollangan shaxs to‘rt kishini otib o‘ldirdi va o‘z joniga qasd qildi. Sobiq xususiy detektiv yirik moliyaviy kompaniyalar shtab-kvartirasi joylashgan binoga nega hujum qilgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Foto: Eduardo Munoz/Reuters

Nyu York shahri rasmiylari ma’lum qilishicha, avtomatik qurol bilan qurollangan shaxs dushanba kuni Manhetten markazidagi osmono‘par binoda to‘rt kishini otib o‘ldirgan va keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Otishma osmono‘par binoning vestibyul qismida, ish kunining eng tig‘iz — kechki soatlarida boshlangan. Keyin, gumonlanuvchi lift orqali 33-qavatga – boshqaruv kompaniyasi joylashgan ofisga ko‘tarilib, yana o‘t ochgan. Komissar Tishning ma’lumotiga ko‘ra, u oxir-oqibat ko‘kragiga o‘q uzib, joniga qasd qilgan.

Ushbu binoda Blackstone, KPMG kabi yirik moliyaviy kompaniyalar va Milliy Futbol Ligasi (NFL) shtab-kvartirasi joylashgan.

Halok bo‘lgan to‘rt kishi orasida 36 yoshli Nyu York politsiya xodimi Didarul Islam ham bor. U AQShga Bangladeshdan muhojir sifatida kelgan. Shahar meri Erik Adams uni «haqiqiy fidoyi qahramon» deb ta’rifladi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi tomonidan o‘ldirilgan boshqa uch jabrlanuvchi – ikki erkak va bir ayol bo‘lib, ularning shaxsi hozircha ochiqlanmagan. Yana bir erkak og‘ir yaralangan holda kasalxonada.

Nyu York politsiyasiga ko‘ra, otishmani amalga oshirgan shaxsni Las Vegasdan bo‘lgan 27 yoshli Sheyn Tamura bo‘lgan. Uning ruhiy salomatligida muammolari bo‘lgani hujjatlar bilan qayd etilgan.

Foto: CBS

Tamura yolg‘iz harakat qilgan va hozircha hodisa sabablari aniqlanmagan.

CNN manbalari xabar berishicha, otishma sodir etishda gumonlangan shaxsning muddati tugagan xususiy detektiv litsenziyasi bo‘lgan. 

Mavzuga oid