Jahon | 07:24
1744
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya Rossiya tufayli betaraflikdan voz kechishni muhokama qilishi mumkin

Avstriya rasmiylari NATOga a’zolik masalasini muhokama qilish va mamlakatning konstitutsiyada mustahkamlangan neytral maqomidan voz kechish uchun ochiq. Sababi Rossiyaning agressiv siyosati, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger.

Foto: Michael Gruber/BMEIA

Avstriya rasmiylari Rossiya tahdidi tufayli mamlakatning neytral maqomidan voz kechish va NATOga qo‘shilish masalasini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Betaraflikning o‘zi bizni himoya qila olmasligi aniq. Global xavfsizlik vaziyati tobora noaniqlashib borayotgani va Rossiyaning tobora tajovuzkor bo‘lib borayotgani fonida Avstriya bizning mudofaa salohiyatimiz va hamkorligimizga kiritilgan sarmoyalar bilan himoyalangan», — dedi Maynl-Rayzinger.

«Aslida, men Avstriya xavfsizligi va mudofaa siyosatining kelajagi haqida jamoatchilik muhokamasiga ochiqman. Hozir parlamentda yoki aholi orasida NATOga a’zo bo‘lishni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamaydi, shunga qaramay, bunday muhokama juda samarali bo‘lishi mumkin», — deya davom etdi tashqi ishlar vaziri.

1955 yilda Avstriya betarafligini e’lon qildi, ittifoqchi qo‘shinlar, shu jumladan SSSR u yerdan chiqib ketdi. O‘sha paytda Avstriya o‘z mustaqilligini tikladi va konstitutsiyada «doimiy betaraflik» to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi. Avstriya NATO a’zosi emas, lekin alyans bilan, masalan, «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasida hamkorlik qiladi.

Mavzuga oid