Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina «Gazprom»dan 6,9 mlrd dollar undirishga tayyorlanmoqda
Kiyev Rossiya Federatsiyasi va «Gazprom»dan 6,9 milliard dollar undirmoqchi bo‘lgan xalqaro arbitraj sudlarining qarorlari mutlaqo adolatli, dedi Volodimir Zelenskiy.

Foto: Getty Images
Ukraina xalqaro arbitraj sudlarining jami 6,9 milliard dollarlik bir qancha ijobiy qarorlariga ega bo‘lib, ularni Rossiya va «Gazprom» konsernidan undirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 20 iyul, yakshanba kuni Telegramʼda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Bu Rossiya va «Gazprom» mas’uliyatini ko‘rsatadigan va xalqaro huquq kuchini tasdiqlovchi mutlaqo adolatli qarorlar», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari. «Biz bu mablag‘larni qaytarish bo‘yicha aniq qadamlar tayyorlayapmiz, ertaga Ukraina elchilari tegishli ko‘rsatmalar oladi».
Avvalroq, 23 iyun kuni «Naftogaz» rahbari Sergey Koretskiy Facebookʼda Ukraina kompaniyasi «Gazprom»ga qarshi 1,37 milliard dollar miqdoridagi arbitraj da’vosida g‘alaba qozonganini ma’lum qilgandi. «Ishni Shveytsariyada ko‘rgan xalqaro arbitraj sudi «Gazprom»ga «Naftogaz» foydasiga 1,37 milliard dollar to‘lashni buyurdi», — deyiladi postda. — 2022 yilning may oyidan boshlab «Gazprom» to‘lovlarni to‘xtatib, take or pay tamoyili bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini buzdi. 2022 yil sentabrida «Naftogaz» arbitraj tashabbusi bilan chiqdi, «Gazprom» Rossiya sudlari orqali uni bloklashga urindi. Bu ish bermadi. Endi bizda yakuniy qaror bor: Shvetsiya, Shveytsariya va Isroil arbitrlari tribunali butunlay «Naftogaz» tarafini oldi».
RBK internet-nashrining ta’kidlashicha, 1,37 milliard dollar miqdori 2019 yilgi kelishuv bo‘yicha Ukraina orqali gaz tranziti uchun qarz, jarimalar va sud xarajatlari uchun kompensatsiyani o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid

00:39
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi

21:31 / 21.07.2025
Rossiya Kiyevga, Ukraina Moskvaga hujum qilishi fonida tomonlar muzokaralarga tayyorlanmoqda

20:23 / 21.07.2025
Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda

13:05 / 21.07.2025