Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ispanlar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
Ispaniyaning ommabop La Vanguardia gazetasida "Mapa Tours 2025 yil yozining sayyohlik tendensiyalarini ochib beradi: O‘zbekiston, Norvegiya va Xorvatiya mashhur yo‘nalishlar qatorida" sarlavhali maqola chop etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda O‘zbekiston 2025 yil yoz mavsumida ispaniyalik sayyohlar orasida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlardan biriga aylangani ma’lum qilingan.
Maqolada O‘zbekiston Mapa Tours mijozlari orasida Norvegiya, Boltiqbo‘yi davlatlari, Xorvatiya, Ruminiya, Sloveniya, Sitsiliya, Markaziy Yevropa va Misr kabi mamlakatlar qatorida eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolayotgani qayd etilgan. Ushbu mamlakatlar o‘zining boy madaniy merosi, qiziqarli tarixi va tabiiy landshaftlari bilan bir-biridan ajralib turadi ham sayyohlarni faol jalb etmoqda.
"Bu yo‘nalishlarga talabning yuqoriligi ajablanarli emas, chunki bu tendensiya noyob va g‘ayrioddiy joylarni ko‘rish, kundalik hayotdan chetga chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga mazkur davlatlarga sayohat Ispaniyadagi an’anaviy yozgi ta’tilga nisbatan ko‘p moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi", – deya Mapa Group Travel bosh direktori Devid More so‘zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Maqola xulosasida "Boy madaniy meros, noyob tarixiy obidalar va xilma-xil tabiiy landshaftlar O‘zbekistonni yangi taassurotlar va haqiqiy sayohatni izlayotganlar uchun yanada jozibador tanlovga aylantiradi",– deb yozilgan.
Mavzuga oid

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

23:23 / 11.07.2025
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda

13:20 / 09.07.2025
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

11:53 / 09.07.2025