Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UNRWA: Isroil 7 oktyabrdan beri G‘azoda har kuni «bir sinf bolalarni» o‘ldirmoqda
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon 18 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan, o‘n minglab bolalar yetim qolgan yoki to‘yib ovqatlanmayapti.

Foto: Anadolu Agency
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) G‘azodagi direktori Sem Rouz Isroil 2023 yilning 7 oktyabridan beri G‘azoda har kuni bittadan «bolalar sinfini» o‘ldirayotganini aytdi.
Rouz chop etilgan yozma bayonotida Isroil hujumlari natijasida bolalarning o‘lim ko‘lamiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum qilganidan beri «har kuni kamida bitta sinf bolalar halok bo‘lmoqda».
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi bolalar Isroil bombardimonidan qutulib qolgan taqdirda ham, ko‘chirilish, oila a’zolarini yo‘qotish, ocharchilik va boshqa fojiali sharoitlarda yashash uchun kurashishga majbur bo‘ladi.
G‘azodagi hukumatning matbuot ofisi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 21 oy ichida Isroil hujumlari oqibatida 18 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Isroilning G‘azodagi hujumlari natijasida 4700 kishida amputatsiya amalga oshirilgan, ularning 18 foizi bolalardir. Shuningdek, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 42 ming bola onasi, otasi yoki ota-onasidan ayrilgan, 70 ming bola to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid

20:26
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji

14:09
«Biz urushdan qo‘rqmaymiz» – ash-Shar’a Isroil Suriyani beqarorlashtirishga urinayotganini ta’kidladi

09:33
UNRWA: G‘azodagi bolalar to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda

22:19 / 16.07.2025