Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Toshkentda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgan holda uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solib qo‘ygani videosi tarqaldi. U 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Toshkentda mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgan holda, uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solgan va buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e’tiroz keltirib chiqardi. Holat Ekologiya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganilib, ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida yashovchi fuqaro I.N. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari – 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ekologiya vazirligi tabiatdagi har qanday tirik jonzotlarga nisbatan nojo‘ya, o‘rinsiz, shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangan va qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tdi.
Avvalroq Toshkent shahrida fuqaro uyida bir bosh Nil timsohini saqlab kelgani aniqlangan, jonivor hayvonot bog‘iga topshirilib, holat bo‘yicha hujjatlar sudga yuborilgan edi.
Mavzuga oid

14:34
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

20:34 / 13.07.2025
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025