Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi
U prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Foto: Kun.uz
Sardor O‘ktamovich Umrzoqov O‘zbekiston prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Sardor Umrzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
2000-2003 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida ishlagan. 2003-2007 yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida faoliyat yuritgan. Keyinroq Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.
2014-2017 yillarda «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, «O‘zcharmsanoat»ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.
2019 yil 28 yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020 yil 10 martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.
2022–2023 yillarda esa prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan, bu lavozimdan olingach, prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi. U 10 iyul kuni davlat rahbarining Chilonzor tumaniga tashrifi vaqtida ko‘rinish bergandi.
Mavzuga oid

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025
Urgut tumaniga prokuror hokimlik qiladi

00:58 / 02.08.2025