Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Har ikki yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 13 iyul kuni soat 18:06 da Mirobod tumani Shayxun ko‘chasida ta’mirlanayotgan bino yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan.
«Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Aytilgan manzilda yong‘in to‘liq o‘chirilgan bo‘lib, hech qanday qayta yonish xavfi mavjud emas», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, bugun poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda ham yong‘in chiqdi.
Yunusobodning 8-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 8-qavatida yong‘in yuz berayotgani to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar FVBga soat 18:35 da kelib tushgan. Yong‘in oradan qariyb 40 daqiqa o‘tgach o‘chirilgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:16 / 09.08.2025
Toshkentda svet o‘chmasligi uchun yana 1,8 trillion so‘m ajratiladi

12:54 / 09.08.2025
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

22:00 / 08.08.2025