Jahon | 09:20
806
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi G‘azoning qator hududlariga zarba berdi: 41 kishi halok bo‘ldi

Otishma chog‘ida ko‘chirilganlarning turar joy binolari va chodirlari nishonga olingan.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining G‘azo sektorining turli hududlariga ertalabki havo hujumi natijasida 41 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Tibbiy manbalarga ko‘ra, Isroil askarlari G‘azo shahri shimolidagi Shayx Ridvan va An-Nasr hududlarida ichki ko‘chirilganlar istiqomat qilgan ikki uyga zarba bergan. Ushbu hujumlarda kamida 25 kishi halok bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, qurbonlarning aksariyati ayollar bo‘lib, yaradorlarning ko‘pchiligi uyqu vaqtida nishonga olingan. O‘nlab odamlar vayronalar ostida qolmoqda.

Isroil uchuvchisiz uchoqlarining Shayx Ridvan hududidagi yana bir zarbasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yaradorlar esa Al-Shifa shifoxonasiga yetkazildi.

Ad-Deraj hududidagi Al-Safadiy oilasining uyiga uyushtirilgan hujumda ham 3 kishi halok bo‘ldi.

Xon-Yunusning Al-Mevasi hududida ko‘chirilganlarning chodirlari o‘qqa tutildi. Bu hujumlarda homilador ayol va bolalar doxil 10 kishi halok bo‘ldi, yana ko‘pchilik yaralandi.

Mavzuga oid