Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Faoliyati antidemping kampaniyasi doirasida tergov qilinmagan yangi eskportchilarga nisbatan yengillik beriladi.

Foto: Getty images
XXR Savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi brendlariga 27,3 foizdan 34,9 foizgacha bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda idora saytiga joylashtirilgan bayonotda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, 5 iyuldan kuchga kiradigan cheklovlar besh yil muddatga mo‘ljallangan.
Pernod Ricard va Remy Cointreau bojlardan ozod qilinadi, chunki ular minimal narx chegarasini bajarish majburiyatini olgan. Shuningdek, faoliyati antidemping kampaniyasi doirasida tergov qilinmagan yangi eskportchilarga nisbatan ham yengilliklar ko‘zda tutilgan. Ular o‘rnatilgan bojlarsiz mamlakatda savdo qilish uchun ariza berishlari mumkin.
Pekin antidemping jarayoni tashabbusi bilan YeI 2024 yilda Xitoy elektromobillariga nisbatan tariflar joriy etganidan keyin chiqqandi. XXRning javobi eng ko‘p fransiyalik ishlab chiqaruvchilarning daromadlariga ta’sir qiladi. Bojlar Xitoy TIV rahbari Van Ining Parijga tashrifi fonida e’lon qilindi. Fransiya uning tashrifi milliy kompaniyalar uchun oqibatlarni yumshatishga yordam berishiga umid qilayotgan edi.
Mavzuga oid

11:50 / 04.07.2025
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

22:35 / 03.07.2025
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi

19:37 / 03.07.2025
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi

13:36 / 03.07.2025