Le Monde: Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi
Anorbankning asosiy aksioneri Qahramon Olimov 23 iyun kuni Parij shahrida o‘g‘irlab ketilib, ikki kun Nitssa yaqinidagi villada tahdid va zo‘ravonlikka uchradi, so‘ng tovon puli evaziga qo‘yib yuborildi, deya xabar tarqatdi Le Monde. Nashr bu voqeani “Parijning boy tumanlarida ro‘y bergan, josuslik romanlariga xos voqea” deb ta’rifladi.

Foto: Anorbank
O‘zbek moliya magnati Parij markazida o‘g‘irlab ketildi, so‘ng tovon puli evaziga qo‘yib yuborildi, deya xabar tarqatdi Fransiyaning Le Monde nashri.
Nashrning yozishicha, Anorbank aksiyadori Kahramon Olimov 23 iyun kuni Parijning 8-tumanida o‘g‘irlab ketilgan va 2 kun tutqunlikda ushlab turilgan.
48 yoshli bank egasi tutqunlikda qiynoqqa uchragani aytilmoqda: jabrlanuvchini 25 iyun kuni Parijdagi Hôtel-Dieu shifoxonasida ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor uning tanasida ko‘kargan joylar va yaralar borligini qayd etgan. Lekin bemorning asosiy shikoyati – haddan tashqari xavotir va uyqu bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan.
Le Monde bu voqeni “Parijning boy tumanlaridan birida yuz bergan haqiqiy o‘g‘irlash hodisasi” deb atagan va “josuslik romanlariga xos bunday voqea”dan fransuz politsiyasi va prokuraturasi “hayratdan yoqa ushlab qolgani”ni qayd etgan.
Nashrga ko‘ra, Olimovni yashirincha Nitssa yaqinidagi villaning yerto‘lasiga olib borishgan. U o‘sha yerda kaltaklangan, tahdidga uchragan, jinoyatlar hatto uning bo‘yniga tig‘ tortishni imitatsiya qilishgan.
O‘g‘irlangan o‘zbekistonlik ikki kun o‘tib, 25 iyunda garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Holat yuzasidan “guruh bo‘lib, shaxsni noqonuniy ushlab turish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bir kishi qamoqqa olingan.

Manbada yozilishicha, Qahramon Olimov Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya orqali Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz siklli elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etmoqda. U Parijga ayni shu loyiha sababli borgan, fransuz hamkorlari bilan uchrashishni reja qilgan. 21 iyunda Toshkentdan uchib, ertasiga Parijga qo‘ngan investor 9 kechaga joy band qilingan Sofitel Arc-de-Triomphe mehmonxonasiga joylashgan.
Uning o‘g‘irlanishi voqeasi – 22 iyunda mehmonxona barida unga o‘zini Anastasiya deb tanishtirgan, Turkiyada go‘zallik salonida ishlashini aytgan, rus va ingliz tillarida gapirgan bir ayol yaqinlashib, suhbat taklif qilganidan boshlangan.
Ma’lumot uchun, Qahramon Olimov – Anorbankning asosiy aksiyadori, bank kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi. Bu bankning aktivlari 2025 yil 1 yanvar holatiga 10,1 trillion so‘mga yetgan. 2024 yilda bank aktivlari 2 barobardan ko‘proqqa – 5,7 trln so‘mga o‘sgan.
Mavzuga oid

22:35 / 03.07.2025
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi

18:22 / 01.07.2025
Jazirama sabab Eyfel minorasining yuqori qismi turistlar uchun yopildi

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025