Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi
Moskva Kobul bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda, xususan, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalari sohalarida hamkorlik uchun katta istiqbollarni ko‘rmoqda.

Foto: TASS
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi. Bu haqda prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.
«Tan oldi», — deydi Kabulov bu boradagi savolga javoban.
Qayd etilishicha, 3 iyul kuni RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Afg‘oniston elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Afg‘oniston hokimiyatini rasman tan olishi ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalarda samarali hamkorlikka yangi turtki berishini ta’kidladi. TIVga ko‘ra, Moskva Kobul bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda, xususan, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalari sohalarida hamkorlik uchun katta istiqbollarni ko‘rmoqda.
2021 yil oktyabr oyida Vladimir Putin Rossiya «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilishga yaqinligi, ammo buni birinchi navbatda BMT Xavfsizlik Kengashi qilishi kerakligini aytgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish masalasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgandi.
Joriy yilning aprel oyida esa Rossiya Oliy sudi Bosh prokuraturaning «Tolibon» faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirdi va harakatni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, toliblar Afg‘onistonni 2021 yil avgustidan buyon, AQSh qo‘shinlari chiqib ketishi bilan Afg‘oniston Respublikasi qulatilganidan beri boshqarib kelmoqda.
Mavzuga oid

11:47
Rossiya va Kiyev muzokaralar raundidan so‘ng dron hujumlari bilan almashdi

11:26
Jang maydoni – sinov maydoni: Kiyev qurollarni urushda sinab ko‘rishga chaqirmoqda

08:23
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

08:00