Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Isroil harbiylari mintaqada yangi hujumlar bilan tahdid qilmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Isroil harbiylari G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahrining bir qator turar joy hududlari aholisini chiqarib yuborish to‘g‘risida buyruq chiqardi va ularga qarshi ommaviy hujumlar bilan tahdid qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi rasmiy vakili Avichai Adraining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytilgan.
Adrai G‘azo hududlarga bo‘lingan, qizil rangda «taqiqlangan zonalar» deb nomlangan xaritasini e’lon qildi.
Xaritaga ko‘ra, Xon-Yunusning 36-, 40- va 89-hududlari evakuatsiya qilinishi kerak. Isroil armiyasi vakili yaqin kelajakda bu hududlarga kuchli zarbalar berilishi haqida ogohlantirdi.
Adrai u yerda yashovchi falastinliklarni G‘azo shimolidagi Deyr al-Balah shahriga ko‘chib o‘tishga va «orqaga qaytmaslikka chaqirdi».
2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida davom etayotgan Isroil tajovuzi natijasida kamida 56 647 falastinlik halok bo‘ldi va yana 134 105 kishi jarohat oldi.
Isroil 18 mart kuni yangi hujumlar to‘lqinini boshlaganidan beri G‘azoda 6315 kishi halok bo‘ldi va 22 064 kishi yaralandi.
Mavzuga oid

22:49 / 08.08.2025
AQSh Falastinni tan olmoqchi emas

10:43 / 08.08.2025
Isroilda G‘azo shahrini nazorat ostiga olish ma’qullandi

08:54 / 08.08.2025
Madaniyat arboblari Mersdan Isroilga qurol yetkazmaslikni so‘radi

09:07 / 07.08.2025