O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda
Polshaning ommabop tradersunion.com/pl elektron portalida "Yanush Pexochinskiy: O‘zbekiston yangi strategik savdo yo‘lini ochmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Maqola avvalida O‘zbekiston o‘zining savdo imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qirg‘iziston va Xitoy orqali o‘tuvchi Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochayotgani ta’kidlangan.
"Polsha-Osiyo" Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiyning aytishicha, ushbu yangi transport yo‘lagi savdo hajmini oshirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga qaratilgan", – deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, rivojlanayotgan xalqaro raqobat sharoitida mamlakatlar savdo infratuzilmasini yaxshilashning samarali usullarini izlamoqda, bu esa ularga iqtisodiy ishtirokini oshirish imkonini beradi.
"Transport va logistika bo‘yicha ekspert Adam Kovalskiyga ko‘ra, yangi savdo yo‘llari mintaqada iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishi mumkin. Logistika qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashning asosiy elementidir", – deb ta’kidlagan maqolada.
Shuningdek, muallif Markaziy Osiyoda yangi savdo yo‘llarining rivojlanishi mintaqadagi iqtisodiy o‘zgarishlarning keng ko‘lamli suratining bir qismi bo‘lib, bunda mamlakatlar jahon bozorlariga integratsiyalashishga va ilg‘or iqtisodiy mezonlarga javob berishga intilayotganini urg‘ulagan.
Mavzuga oid

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

10:39 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar

15:15 / 25.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

14:50 / 25.06.2025