Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi
Bunga 30 iyundan boshlab Rossiya hududiga kirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun eksperiment shaklida raqamli ro‘yxatga olish tartibi joriy etilgani sabab bo‘lmoqda.

Foto: azh.kz
Rossiya hududiga kirishdagi yangi qoidalar Qozog‘iston—Rossiya chegara punktlarida yuk mashinalari va avtobuslarning to‘planib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
«Aqto‘be viloyatidagi «Jaysan», Shimoliy Qozog‘iston viloyatidagi «Jana jol» va Atiraudagi «Bo‘keyxon» chegara punktlarida bir necha o‘nlab yuk mashinalari va avtobuslar Rossiyaga kirishga navbat kutyapti, politsiya jamoat tartibini saqlamoqda, transport oqimlarini nazorat qilyapti va haydovchilarga yordam ko‘rsatmoqda», — deyiladi Qozog‘iston IIV xabarida.
Chegarada transport vositalarining to‘planishi 30 iyunda boshlab kuzatilmoqda.
«Tirbandlikning asosiy sabablaridan biri qo‘shni mamlakatga kirishdagi yangi talablardir. Ichki ishlar vazirligi haydovchilarni xotirjam bo‘lishga, tartibni saqlashga va politsiya xodimlarining ko‘rsatmalarini bajarishga chaqiradi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyidagi patrul ekipajlari va uchastka inspektorlari «haydovchilarga maslahatlar bermoqda, vaziyatni nazorat qilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmoqda».
Idoraning qo‘shimcha qilishicha, qolgan mintaqalarda vaziyat barqaror, o‘tkazish punktlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
Rossiyada 30 iyundan mamlakat hududiga vizasiz tartibda kirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlar va nogiron shaxslarning qonuniy vakillari uchun ruID ilovasi orqali eksperiment shaklida raqamli ro‘yxatga olish tartibi joriy etildi.
Mavzuga oid

07:40
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi

15:17 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025