Jahon | 08:05
850
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil mojaro boshidan beri G‘azodagi 256 evakuatsiya markazi va boshpanaga hujum qildi

Birgina iyun oyida 11 dan ortiq shunday obektlarga hujum qilingan, deya xabar beradi G‘azo hukumati matbuot ofisi.

Foto: Anadolu Agency

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi 700 mingdan ortiq ichki ko‘chirilganlar boshpana topgan 256 ta evakuatsiya va vaqtinchalik turar joy markazlariga zarba berdi. Bu haqda eksklav hukumati matbuot xizmati bayonotida aytilgan.

«Okkupatsion Isroil G‘azoda tinch aholi va ichki ko‘chirilganlarga qarshi tizimli jinoyatlarini davom ettirmoqda. Uylari vayron bo‘lgan oilalar yashiringan boshpanalar ataylab va qayta-qayta nishonga olinmoqda», — deyiladi bayonotda.

Birgina iyun oyida 11 dan ortiq shunday muassasaga hujum uyushtirilgan, bu xalqaro huquq va insonparvarlik me’yorlarini buzuvchi uyushgan jinoyatchilikning bir qismidir.

Hujum qilingan markazlarning umumiy soni 256 taga yetdi, uy-joy va muhim infratuzilmadan mahrum bo‘lgan 700 mingdan ortiq odam hayot uchun oddiy yashash sharoitlaridan ayrildi.

Ta’kidlanishicha, nishonga olingan obektlarning aksariyati o‘n minglab bolalar tahsil olayotgan ta’lim muassasalaridir. Falastin ma’muriyatiga ko‘ra, Isroil bu muassasalarni ataylab yo‘q qilmoqda.

«Davom etayotgan genotsid jinoyati uchun javobgarlik Isroil va uni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar zimmasiga yuklanadi», — deyiladi bayonotda. Falastin ma’muriyati maktablar, evakuatsiya markazlari va boshpanalarga uyushtirilgan hujumlarni keskin qoraladi.

Mavzuga oid