Eron oliy rahbarining maslahatchisi: Isroil bir qator eronlik rasmiylarga tahdid qildi
Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, Isroil tahdidlariga qaramay, xalqning so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi mojaroning borishini o‘zgartirdi.

Foto: Anadolu Agency
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyning maslahatchisi va parlament sobiq spikeri Ali Larijoniyning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumlarining birinchi kunida Eronning ko‘plab siyosiy, harbiy va xavfsizlik amaldorlari Isroildan tahdidlar olgan.
Davlat televideniyesi orqali gapirgan Larijoniy Isroilning maqsadi nafaqat siyosiy va harbiy tuzilmaga putur yetkazish, balki mamlakat rahbarini ham bevosita qo‘rqitish ekanligini aytdi.
«Dushman davlat apparatini tartibsizlantirish uchun oliy darajadagi uchrashuv vaqtida mamlakat rahbariyatiga zarba berishga umid qilgan. Keyingi qadam Islom inqilobi oliy rahnamosiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid qilish edi», — deya ta’kidladi u.
Larijoniyning so‘zlariga ko‘ra, mojaro sharoitida Eron xalqi hukumatdan yuz o‘giradi, degan Isroil-Amerika taxminlari amalga oshmadi.
«Aksincha, xalqning birdamligi va qarshilik ko‘rsatishi Isroilni o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi», dedi u.
Larijoniyning qo‘shimcha qilishicha, 21 iyungacha Isroil o‘z maqsadlariga erisha olmasligi ma’lum bo‘lgan va jarayonga uchinchi tomon vositachilari jalb qilingan.
Shuningdek, u hujumlarning birinchi kunida Isroil tomoni Eronning bir qator siyosiy, harbiy va xavfsizlik amaldorlariga tahdidli xabarlar yuborganini tasdiqladi.
Mavzuga oid

08:37
Isroil OAV: AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Tel-Avivga bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

08:23
AEXA rahbari: Eron yadroviy dasturini harbiy harakatlar bilan hal qilib bo‘lmaydi

08:05
Isroil mojaro boshidan beri G‘azodagi 256 evakuatsiya markazi va boshpanaga hujum qildi

07:30