Propanning birja narxi oy boshidan beri 31 foizga oshdi
30 may kuni 1 tonna propanning birjadagi o‘rtacha narxi 5,1 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 24 iyunga kelib o‘rtacha narx 6,6 mln so‘mgacha qimmatlashib ketdi.

Foto: Yandeks-xaritalar
O‘zbekistonda suyultirilgan gazning ulgurji narxi iyun oyi boshidan beri 30,6 foizga qimmatlashdi.
Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 may kungi savdolarda propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 5 mln 120 ming so‘mni tashkil etgan. 24 iyunga kelib, o‘rtacha narx 6 mln 689 ming so‘mga yetgan.
Xususan, bu tovar so‘nggi ikki kunlik savdolarda 6,6 foizga qimmatlashdi. 24 iyun kuni sotilgan propan hajmi bir kun oldingi 1853 tonnadan 1502 tonnagacha kamaydi.
Propanning keskin qimmatlashi o‘tgan yili yozda ham kuzatilgan edi. Kun.uz 2024 yil 5 iyundan 5 sentabrgacha bo‘lgan davrda propanning birja narxi tonnasiga 5,3 mln so‘mdan 8,9 mln so‘mgacha yoki 68 foizga oshganini yozgandi.
Noyabr oyiga borib, so‘nggi 5 oylik qimmatlashish sur’ati qariyb 2 barobarga yetgach, Raqobat qo‘mitasi birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foizlik spred (cheklov) o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

11:49 / 24.06.2025
Elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkaziladi

21:10 / 23.06.2025
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

08:03 / 22.06.2025