Jahon | 12:57
10321
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News

Hujumlar Qo‘shma Shtatlarning ichki yoki xorijdagi obektlariga uyushtirilishi mumkin. AQShning chet eldagi harbiy bazalari bir necha oydan beri yuqori jangovar shay holatda.

Foto: REUTERS

Donald Tramp ma’muriyati Eron tomonidan ehtimoliy qasos choralariga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. NBC News’ning Pengaton va Oq uydagi manbalariga tayanib yozishicha, yaqin 48 soat alohida xavotir uyg‘otmoqda.

Suhbatdoshlarning ta’kidlashicha, Eron yadro obektlariga uyushtirilgan hujumga javob AQShning ichki yoki xorijdagi obektlariga qaratiladimi, yo bo‘lmasam, har ikkisiga ham — hozircha noma’lum.

AQShning chet eldagi harbiy bazalari so‘nggi bir necha oydan beri yuqori jangovar shay holatda, ammo Oq uydagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, 13 iyun kuni Isroil Eron bilan urush boshlaganidan keyin ehtimoliy hujum xavotirlari sezilarli darajada oshgan.

Eron yadroviy inshootlariga hujum 22 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. G‘arb OAVga ko‘ra, AQSh Harbiy-havo kuchlari zarba berishda B-2A Spirit bombardimonchisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Eron AQShning mamlakatdagi yadro obektlariga uyushtirgan hujumlaridan keyin BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. O‘z navbatida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning Eronga qarshi xatti-harakatlaridan chuqur xavotir bildirdi.

Mavzuga oid