Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin
Dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning katta qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi.

Foto: AP
Eron parlamenti AQSh tomonidan yadro obektlariga uyushtirilgan hujumdan keyin Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi a’zosi Ismoil Kovsari ma’lum qildi.
«Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinadi», — deydi u.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Fors va O‘mon ko‘rfazlari orasida joylashgan bo‘lib, shimolda Eron, janubda esa O‘mon bilan chegaradosh. Bu Fors ko‘rfazidan ochiq okeanga chiqish uchun yagona dengiz o‘tish yo‘li hisoblanadi. Dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning katta qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi AQShning 22 iyunga o‘tar kechasi Eron yadro obektlariga uyushtirgan hujumiga javob bo‘ladi. AQShning Natanz, Isfahon va Fordodagi obektlarga qarshi operatsiyasi o‘tgan tunda boshlangan edi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Eronni bombardimon qilishda 125 ta samolyot ishtirok etgan. Xalqaro atom energetikasi agentligi AQSh zarbalaridan keyin radiatsiya darajasi oshmaganini tasdiqladi.
Avvalroq ekspertlar agar AQSh urushga qo‘shilsa, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi, dunyo iqtisodiyotida iste’molda bo‘lgan neftning 20-30 foizi shu zahoti bloklanishi haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

09:45 / 15.07.2025
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

22:28 / 13.07.2025