O‘zbekiston | 10:17 / 20.06.2025
2955
1 daqiqa o‘qiladi

2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boshlab 2025-2026 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul boshlandi.

Foto: Kun.uz

Elektron arizalarni quyidagi platformalar orqali yuborish mumkin:

▪️ my.maktab.uz — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi;
▪️ my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi  @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.

Mavzuga oid