Jahon | 08:52
8203
4 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy samolyotlari Eron biqinida, Netanyahu to‘xtamoqchi emas

Eron bilan Isroil o‘rtasidagi urush beshinchi kuniga kirdi. Tunda dron va raketa hujumlari davom etdi. Isroil Eron televideniyesi ofisini nishonga oldi, jurnalist esa jonli efirni to‘rtinchi raketagacha davom ettirdi. Eron diplomatik bosimlar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga urinmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Eron-Isroil urushi 5-kunga o‘tdi. Tunda ham ikki davlat o‘rtasida raketa va dronlar almashishi davom etdi. Yaqin Sharq manbalariga ko‘ra, Eron asosan qanotli raketalardan foydalangan va hujum ko‘lami avvalgi kungidek bo‘lmagan.

Tel-avivda sirenalar yangrashda davom etayotgan vaqtda Isroil Eron davlat televideniyesi ofisini bombaladi. E’tiborni tortadigani televideniye axborot dasturi jurnalisti Sahar Imomi hujum vaqtida ham jonli efirni jasorat bilan davom ettirgan, faqat 4-raketa Imomi studiyasini portlatgandan so‘ng u xonani tark etgan.

Xabarlarga ko‘ra Eron Ummon, Qatar va Saudiya Arabistonidan Tramp orqali Netanyahuga o‘t ochishni to‘xtatishga bosim o‘tkazishni so‘ragani aytilmoqda. Reuters’ga ko‘ra Eron buning evaziga yadroviy muzokaralarda moslashuvchanlikni namoyon qiladi. Netanyahu kecha ABC kanaliga bergan intervyusida Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyni o‘ldirish mojaroni kuchaytirmaydi, balki uni hal etishi mumkinligini aytdi. Qizig‘i shundaki, Yaqin Sharqda deyarli hamma bilan urushib turgan odam aynan — Netanyahuning o‘zi! Bugun tongda Xitoyning Isroildagi elchixonasi o‘z fuqarolariga xavfsizlik vaziyatining yomonlashgani sababli mamlakatni zudlik bilan tark etishni tavsiya qildi. Havo hududi yopilganligi sababli Xitoy fuqarolariga imkon qadar tezroq quruqlikdagi chegara o‘tish joylari orqali mamlakatni tark etishga ruxsat beradi. Donald Tramp esa milliy xavfsizlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi, shuningdek u Truth Social tarmog‘idagi postida Tehron aholisini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, Eron Tramp taklif etgan bitimini imzolashi kerak edi, ammo bu amalga oshmagan va “behuda qurbonlar” yuz bergan. “Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerak — men buni qayta-qayta aytganman!” — deb yozdi Tramp. Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab u Kanadada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitini ertaroq tark etadi. Shuningdek, AQShning KC-135 tankerlari va boshqa aviatsiya kuchlari Yevropaga va mintaqaga – xususan, Bahrayndagi bazalarga ko‘chirildi. Undan tashqari AQShning Nimitz aviatsiya samolyotlar tashuvchi kreysr esa G‘arbiy Tinch okeanidan Yaqin Sharq tomon harakatlanyapti. Nimitz samolyot tashuvchisi nafaqat harbiy kuchlar bazasi, balki mobil aviatsiya markazi sifatida Yaqin Sharqda osmonni nazorat qilish imkonini ham beradi.

Ha, oldimizdagi 24 soat yangi voqeliklarga boy bo‘ladiganga o‘xshaydi.

Mintaqadagi vaziyat Oq uydan yangraydigan bayonotlarga bog‘liq.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafayel Grossining BBC’ga aytishicha, Natanz zavodi katta zarar ko‘rgan, ehtimol 15 ming sentrifuga vayron bo‘lgan, tog‘ning chuqur qismida joylashgan Fordo boyitish zavodiga esa zarar yetmagan. «Ehtimol, u yerda zarar juda kichik bo‘lishi mumkin», dedi Grossi.

Eron-Isroil urushini 13 iyun tongda Isroil o‘zining hujumi bilan boshladi, natijada Eron harbiy qo‘mondonlarining deyarli barcha yuqori bo‘g‘ini va uning yetakchi yadro olimlari halok bo‘ldi.

Mavzuga oid