Niderlandiya YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga tayyor
Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof Ukrainadagi urush sharoitida mudofaa xarajatlarini oshirish «muqarrar» ekanini aytdi.

Foto: Laurens van Putten/AFP
Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof 13 iyun, juma kuni NATOning mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushi fonida Niderlandiyaning mudofaa xarajatlarini oshirish «muqarrar».
«NATO buning uchun zarur», dedi Sxof va Niderlandiya «mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini» qo‘shimcha qildi.
NATO bosh kotibi va Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte so‘nggi haftalarda alyansga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlaridagi ulushini oshirishga faol chaqirmoqda. Uning taklifiga ko‘ra, 2032 yilga borib, NATO mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining kamida 3,5 foizini mudofaaga va kamida 1,5 foizini mudofaa bilan bog‘liq infratuzilmaga sarflashi kerak. AQSh prezidenti Donald Tramp dastlab NATO davlatlarini harbiy xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi.
Joriy yilning aprel oyida Mark Ryutte «Rossiyaga nisbatan sodda bo‘lmaslikka» chaqirib: «Biz hammamiz NATOda Rossiya NATO hududiga – butun yevroatlantika hududiga uzoq muddatli tahdid solayotgani haqidagi fikrga qo‘shilamiz», dedi.
Mavzuga oid

22:07 / 06.07.2025
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi

00:11 / 05.07.2025
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi

11:10 / 01.07.2025
“Propaganda ham nima deyishni bilmaydi” - Rossiya NATOdagi kelishuvga qanday reaksiya qiladi?

10:25 / 01.07.2025