OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

Foto: Videodan kadr
Hindistonda halokatga uchragan Boeing Dreamliner samolyotining kamida bir nafar yo‘lovchisi omon qoldi, deb xabar bermoqda ANI agentligi Ahmadobod politsiyasi boshlig‘iga tayanib.
Bungacha Ahmadobod shahri politsiyasi komissari G. Malik «aviahalokatdan omon qolganlar borga o‘xshamayotgani»ni aytgandi. Ammo kunning ikkinchi yarmida u jurnalistlarga qutqaruvchilar tirik qolgan bir yo‘lovchini topganini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qulagan layner bortida 11A o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Vishvashkumar Rameshdir. U «ayni vaqtda shifoxonada va davolanmoqda».
40 yoshli Ramesh Hindustan Times nashriga samolyot havoga ko‘tarilganidan o‘ttiz soniya o‘tib «kuchli shovqin» eshitgani, keyin esa «samolyot yerga urilgani»ni aytib berdi.
«Barchasi juda tez ro‘y berdi. O‘rnimdan turganimda atrofimda jasadlar bor edi. Qo‘rqib ketdim. O‘rnimdan turib, yugurdim. Atrofimda samolyot parchalari bor edi. Kimdir meni ushlab, tez yordam mashinasiga o‘tqazib, shifoxonaga olib ketdi», – degan u.
Air India aviakompaniyasining Ahmadobod shahridan Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti 12 iyun kuni tushdan keyin Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtati hududida halokatga uchradi. Halokat layner aeroportdan uchib ketganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Samolyot turar joy binolari joylashgan hududda shifokorlar yotoqxonasi binosiga qulagan.
Samolyot bortida 242 kishi – 230 yo‘lovchi, ikki uchuvchi va ekipajning 10 nafar a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat joyida 204 kishining jasadi topilgan. Samolyot tibbiyot oliygohi yotoqxonasi ustiga qulagani tufayli u yerda ham qurbonlar bor.
Mavzuga oid

21:10
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025
Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

19:08 / 09.06.2025