Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi
Yog‘ochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranning taxminan 300 kv m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Joriy yilning 10 iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududida joylashgan yog‘ochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:13 da o‘rab olingan va soat 04:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida restoranning taxminan 300 kv m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

21:22 / 03.07.2025
Krit orolida yuzaga kelgan yong‘inlar sabab 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

22:31 / 02.07.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

13:30 / 02.07.2025
Matbuotchilar ko‘chasidagi qurilish hududida yong‘in ro‘y berdi

10:39 / 02.07.2025