Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi
U umumiy budjet tushumlarining 61,8 foizini tashkil etdi.

Foto: Soliq qo‘mitasi
Samarali soliqqa tortish tizimini shakllantirish va davlat soliq xizmati organlarining batartib ishini ta’minlash O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar sharoitida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Budjet mablag‘larining tushumi asosan yirik soliq to‘lovchilar faoliyatiga bog‘liq. 2024 yil 1 iyuldan korxonalarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlarining yangi tahriri kuchga kirdi va xo‘jalik sub’yektlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi.
2024 yilda davlat budjetiga soliq tushumlarining umumiy hajmi 199,6 trln so‘m, yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar esa 123,3 trln so‘mga teng bo‘ldi, bu umumiy budjet tushumlarining 61,8 foizini tashkil etadi.
Yirik soliq to‘lovchilardan soliq tushumlarining ulushi 2020 yildagi 47 foizdan 2024 yilda 62 foizga o‘zgardi. Ushbu ko‘rsatkich miqdoriy ko‘rsatkich bilan chambarchas bog‘liq, chunki 2021 yilda tushumlar ulushi 1120 ta yirik soliq to‘lovchidan (2024 yilda – 959 ta soliq to‘lovchi) 64 foizgacha o‘sdi.
Mavzuga oid

20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi

11:34 / 26.05.2025
Masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi

10:41 / 26.05.2025
Markirovka bo‘yicha soliq inspeksiyasi tashkil etiladi

20:08 / 22.05.2025