Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning navbatdagi raundini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qildi. Ammo uchrashuv so‘roq ostida: Kreml Ukrainaning tinchlik shartlari bo‘yicha memorandumni zudlik bilan topshirish talabidan norozi.

Foto: Remo Casilli/REUTERS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina va Rossiya o‘rtasida 2 iyun, dushanba kuni Istanbulda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan uchrashuv oldidan har ikki tomonni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga imkoniyat berishga chaqirdi. «Biz Rossiya va Ukraina bilan aloqadamiz. Biz ularga eshik hali ochiq ekan, eshikni yopib qo‘ymasliklarini aytyapmiz», — dedi Erdo‘g‘an 29 may, payshanba kuni.
«Har bir uchrashuvimiz davomida suhbatdoshlarimizga bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerakligini eslatib turamiz. Mintaqamizdagi bu ulkan yong‘inni o‘chirish insonparvarlik burchidir», — deya ta’kidladi Turkiya prezidenti Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan.
Bir kun avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi dushanba, 2 iyun kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazishni taklif qilgan edi. Ukraina yangi uchrashuvga tayyorligini bildirdi, lekin avvalo Rossiyaning tinchlik shartlari bilan tanishib chiqmoqchi.
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

16:31 / 16.07.2025