Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
2025 yilda joriy qilingan yangilik haqiqatan ham shaharning ba’zi ko‘chalarida harakatni yengillashtirgan. 5 yanvardan aprelgacha Manhetten hududiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 millionga kam avtomobil kirgan.

Foto: Bloomberg
AQSh Nyu-York shahri markaziy ko‘chalarida 2025 yil boshida transport vositalarining harakatlanishi uchun joriy etilgan to‘lov g‘aznaga 216 million dollar keltirdi.
Bu haqda Nyu-Yorkdagi shahar transport tizimi uchun mas’ul bo‘lgan boshqarmaga (MTA) tayanib, Bloomberg xabar berdi. Qayd qilinishicha, Manhettendagi 60-ko‘chadan janubga borish uchun haydovchilar soatiga 9 dollar to‘lamoqda.
Operatorning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi tarif yil oxirigacha 500 million dollargacha daromad keltirishi mumkin. Yig‘ilgan pullar metropoliyadagi jamoat transportini, shu jumladan mashhur Nyu-York metrosini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.
Tarif dasturining boshqa maqsadlari qatorida Nyu-York markazidagi tirbandlikka qarshi kurash va havo sifatini yaxshilash ham tilga olingan. AQSh yirik shaharlarida bunday to‘lovlar hech qachon bo‘lmagan, deb qayd etdi Bloomberg.
Ta’kidlanishicha, yangilik haqiqatan ham shaharning ba’zi ko‘chalarida harakatni yengillashtirgan. 5 yanvardan aprelgacha Manhetten hududiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 millionga kam avtomobil kirgan.
Biroq boshqarma qarori AQSh transport vaziri Shon Daffiga yoqmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tarif kichik korxonalar va ishchilar sinfidan bo‘lgan kambag‘al amerikaliklarning cho‘ntagiga og‘irlik qilmoqda. Agar tirbandlik tarifi bekor qilinmasa, Daffi Nyu-Yorkdagi transport loyihalari uchun mablag‘ni muzlatish bilan tahdid qildi va yordam so‘rab sudga ariza topshirdi.
AQSh okrug sudyasi Lyuis Layman hozircha federal hukumatga 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sud majlisigacha biror narsa qilishni taqiqladi.
Mavzuga oid

21:10 / 29.05.2025
Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

20:42 / 29.05.2025
AQSh yangi yadroviy bombalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi

20:41 / 29.05.2025
HAMAS Uitkoffdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif oldi

18:16 / 29.05.2025