O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori Mafalda Duarte bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi
Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish, iqlimga moslashish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlarni qamrab oluvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan muayyan maqsadlar boshqa davlatlar uchun ham ahamiyatga molik ekanini bildirib, mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi tahdidlarining xavf-xatarlari to‘g‘ri talqin qilinayotgani va ilmiy tadqiqotlar asosida tegishli zarur choralar ko‘rilayotganini yuqori baholadi.
Uchrashuvda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasini ochish, jamg‘arma bilan birgalikda innovatsion ko‘kalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish loyihalarini ishlab chiqish hamda Orolbo‘yida ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash, jamg‘armaning moliyaviy resurslaridan unumli foydalanish, Green universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish singari masalalar ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

20:32 / 12.05.2025
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

21:05 / 11.05.2025