HAMAS AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi - Reuters
Yangi taklif garovga olingan o‘n nafar isroillikni ozod etish va 70 kunlik sulhni o‘z ichiga oladi. Isroil bunga javoban falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak.

Foto: REUTERS
HAMAS Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters guruhga yaqin falastinlik amaldorga tayanib xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Uitkoffning taklifi garovga olingan o‘n nafar isroillikni ozod etish (ular ikki guruhga bo‘lingan holda qo‘yib yuboriladi), 70 kunga o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, G‘azo hududidan Isroil qo‘shinlarini qisman olib chiqishni o‘z ichiga oladi. Bunga javoban Isroil falastinlik mahbuslarni ozod etishi kerak.
HAMAS ushbu taklifni vositachilar orqali olgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu kanselyariyasi hali bu bo‘yicha ma’lumot bermadi.
Axios’ning yozishicha, Uitkoff har ikki tomonga 18 may kuni takliflarni yuborgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Dohada Isroil va HAMAS o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan bo‘lsa-da, Uitkoffning rejasi muhokamasi «boshqa kanallar orqali» olib borilgan. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Netanyahu «ko‘plab shartlar va istisnolar bilan» ijobiy javob bergan.
Shu bilan birga, 18 may kuni Isroil Mudofaa armiyasi «Gideon jangovar aravalari» nomini olgan operatsiya doirasida «keng ko‘lamli quruqlikdagi harakatlar» boshlanganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorida yanada shiddatli hujum boshlanishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning asosiy maqsadi o‘zgarishsiz qolmoqda – HAMAS guruhini yo‘q qilish.
Mavzuga oid

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

08:23 / 23.05.2025
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

16:51 / 22.05.2025