Jahon | 11:39 / 26.05.2025
3802
2 daqiqa o‘qiladi

«Azov» qo‘mondoni almashinuv asirga olingan «azovchilar»siz o‘tganini tanqid qildi

«Azov» qo‘mondoni ming nafar asirlar almashinuvi doirasida birorta ham «Azov» askarining Rossiya asirligidan qaytmaganini «sharmandalik» va «masxara qilish» deb atadi. GUR buni ozod qilingan ukrainaliklar ro‘yxati Rossiya tomonidan belgilangani bilan izohladi.

Foto: AP

«Azov» polki qo‘mondoni Denis Prokopenko keng ko‘lamli almashinuv doirasida Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan ming kishi orasida birorta ham «Azov» jangchisi yo‘q ekanini «Ukraina uchun sharmandalik» deb atadi. Bu haqda Prokopenko 25 may, yakshanba kuni Facebookʼdagi sahifasida yozgan.

«Bu masxarabozlik kabi ko‘rinyapti. To‘rt yildan beri Rossiya asirligida, eng og‘ir sharoitlarda g‘ayriinsoniy bosim ostida bo‘lganlarni masxara qilish. Ularning qarindoshlari, do‘stlari va aka-ukalari ustidan kulish. Kafolatlar berilgan va almashish uchun ustuvor bo‘lishga mutlaq huquqqa ega bo‘lganlar, ular o‘z xohishi bilan emas, balki oliy qo‘mondonlik buyrug‘i bilan asirga tushgan», deb yozadi Prokopenko.

«Biz moslashib, yangi yo‘llar va konfiguratsiyalarni izlashni boshlashimiz kerak. Chunki almashtirilgan 1000 kishining orasida birorta ham azovchining yo‘qligi - butun davlatimiz uchun sharmandalik. Bir xil shaxslar to‘rt yildan beri almashuvlarni samarasiz o‘tkazayotgan bo‘lsa, hukumat azovchilarning qaytishidan manfaatdor ekanligiga ishonmayman», — dedi harbiy.

Mavzuga oid