Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
Poygachi ushbu mashinada 2001 yilgi «Formula-1» musobaqalarida jahon chempioniga aylangan.

Foto: Alex Kalinauckas
«Mixael Shumaxer 2001 yilgi «Formula-1» jahon chempionatida haydagan Ferrari poyga avtomobili RM Sotheby’s auksionida 18,17 million dollarga sotildi, deb xabar beradi The New York Times.
Shumaxer ushbu bolidda 2001 yili Monako va Vengriyadagi Gran-prilarda ishtirok etib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Mashina afsonaviy nemis poygachisi boshqargan «Formula-1» avtomobillari orasida auksionda sotilgan eng qimmat transportga aylandi.
Shumaxer — «Formula-1»ning yetti karra chempioni va chempionat tarixidagi eng yaxshi poygachilardan biri.
2013 yilda karerasini yakunlagandan keyin Shumaxer Alp tog‘larida chang‘i uchish vaqtida boshidan og‘ir jarohat olgan. 56 yoshli sobiq poygachining oilasi uning shaxsiy hayotini matbuotdan yashirib keladi va uning ahvoliga oid tafsilotlarni oshkor etmaydi.
Kimoshdi savdosida sotilgan Ferrari F2001 lotidan oldin faqat uchta poyga mashinasi qimmatroq narxda sotilgan — ularning barchasi Mercedes jamoasiga tegishli.
Auksionlarda sotilgan poyga avtomobillarining eng qimmati Mercedes W196 hisoblanadi. u 1950 yillar o‘rtalarida «Formula-1»da ishtirok etgan va 51,2 million yevroga sotilgan.
Mavzuga oid

09:51 / 13.02.2025
Sud Mixael Shumaxerning oilasiga nisbatan shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

22:32 / 25.06.2024