Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
IIV Tezkor qidiruv departamenti tomonidan DXX bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda to‘rt kishi bir kilogramm gashishni 20 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Foto: Videodan kadr
IIV qayd etishicha, ular “Qora dori 2025” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ikki kishi 500 gramm opiy giyohvandlik vositasini 25 ming dollarga sotayotganida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchilarga tegishli buyumlar ko‘zdan kechirilganda yana 585 gramm opiy hamda 360 gramm gashish giyohvandlik vositalari topilgan va daliliy ashyo sifatida olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyatida ham bir nechta holatlar aniqlangan. Xususan, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro o‘z tomorqasida 103 tup ko‘knori va 118 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro o‘z xonadonida 170 tup giyohvandlik vositasini yetishtirib kelayotgani aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin

16:15 / 06.05.2025