Sport | 21:00 / 24.05.2025
2583
2 daqiqa o‘qiladi

«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

Chempionlik bo‘yicha «Zenit»ning 6 yillik gegemonligiga barham berildi.

Foto: «Krasnodar» FK

Futbol bo‘yicha Rossiya Premiyer Ligasida 2024/25 mavsumining so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Krasnodar» o‘z maydonida Moskvaning «Dinamo» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi va 67 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Natijada krasnodarliklar tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi.

«Axmat» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Zenit» 66 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Bundan oldin klub qatorasiga 6 yil chempionlikni boy bermay kelayotgan edi.

Tarkibida o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev to‘p tepadigan Moskvaning TsSKA klubi 59 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik futbolchi mavsum davomida 2 ta gol urdi.

Tarkibida o‘zbekistonlik Rustamjon Ashurmatov to‘p tepadigan Qozonning «Rubin» klubi 45 ochko bilan yettinchi bo‘ldi.

«Orenburg» va «Fakel» klublari Rossiya Premiyer Ligasini tark etdi. «Pari NN» va «Axmat» klublari Premiyer Ligada qolish uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid