Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
Ferens List nomidagi Budapesht xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Vengriya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.
Davlat rahbari 20 may kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi, Milliy majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakchi bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
21 may kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga jo‘nab ketdi. Ferens List nomidagi Budapesht xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Vengriya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid

17:51
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

16:17
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

16:10
Vengriyada saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalar nusxasi Toshkentda namoyish etiladi

19:18 / 04.07.2025