O‘zbekiston | 08:50
688
2 daqiqa o‘qiladi

4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

O‘zbekistonda 4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 317 nafar xotin-qizga yordam ko‘rsatildi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, 2025 yil I-chorak davomida jami 17 878 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yuridik yordam va huquqiy maslahatlar ko‘rsatilgan. Xususan, xizmat turi bo‘yicha:

  • 1 162 nafar shaxsning manfaatlarida fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan yoki yozib berilgan;
  • 470 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini ko‘zlab davlat organlari va tashkilotlariga talabnoma kiritilgan;
  • 16 246 nafar shaxsga ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish sohasida huquqiy tushuntirish va maslahat (konsultatsiya) berish xizmatlari ko‘rsatilgan.

Aholi toifalari bo‘yicha esa yuqori ko‘rsatkichlar:

  • kam ta’minlangan oilalarning a’zolari — 12 662 nafar (70,8 foiz);
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar —  1 758 nafar (9,8 foiz);
  • tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar — 2 317 nafar (13 foiz);
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar — 460 nafar (2,6 foiz);
  • yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar — 260 nafar (1,5 foiz);
  • ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar — 122 nafar (0,7 foiz);
  • muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar — 94 nafar (0,5 foiz);
  • boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari — 206 nafar (1,1 foiz) qayd etildi.

Mavzuga oid