Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda Haitidagi to‘da hujumlari oqibatida 5600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Foto: AP
BMT Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) bayonotida aytilishicha, qurolli to‘dalar zo‘ravonligi natijasida deyarli 1,3 million kishi Haitida o‘z uyini tashlab ketgan.
XMT ma’lumotlariga ko‘ra, Haitida ichki ko‘chishning rekord darajasi kuzatilgan, 1,3 millionga yaqin odam zo‘ravonlikdan qochish uchun uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
2024 yil dekabr oyidan buyon ko‘chirilganlar soni 24 foizga oshdi, deya qayd etdi tashkilot.
Bayonotda iqtibos keltirgan XMT bosh direktori Emi Poup bu raqamlar ortida insonlar hayoti borligini ta’kidladi: «Bolalar, onalar, qariyalar — ko‘plar bir necha bor uyini tark etishga majbur bo‘ldi, ularning hech narsasi yo‘q. Ular hozir o‘ta xavfli va beqaror sharoitlarda yashamoqda. Biz hozir harakat qilishimiz kerak. Bu inqiroz yangi odatiy holga aylana olmaydi», — dedi Poup.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda Haitidagi to‘da hujumlari oqibatida 5600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Haiti chuqur siyosiy, iqtisodiy va gumanitar inqirozga duch kelishda davom etmoqda. Poytaxt Port-o-Prensning 80 foizdan ortig‘i qurolli guruhlar tomonidan nazorat qilinadi. Mamlakat aholisi 11 million kishidan oshadi va millionlab aholi ocharchilik xavfi ostida.
Mavzuga oid

13:04 / 31.07.2025
Bolasiga zo‘ravonlik qilganlardan farzandi olib qo‘yilishi mumkin

18:36 / 29.07.2025
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

07:28 / 23.07.2025