Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
Baxtsiz hodisaga sayr zonasi barpo etilayotgan joyda xavfsizlik talablariga rioya etib, suvga tushiladigan yo‘llar yopilmagani, kanal bo‘ylari betonlashtirilgani sabab tayanib chiqish imkoni bo‘lmagani sabab ekani aytilmoqda.

Foto: Gazeta.uz
Toshkentning Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan qizni qutqargan erkakning o‘zi halok bo‘ldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Ushbu voqeada jasorat ko‘rsatgan marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz», deb yozdi Shamsutdinov.
Hodisa 5 may kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yakkasaroy tumanidagi «Rakat» mahallasida yashovchi 8-9 yoshli uch nafar qiz qirg‘oqqa tushgan. Ulardan biri sirpanib, suvga tushib ketgan. Oqim qizni kanal markaziga oqizgan. Dugonasiga yordam bermoqchi bo‘lgan boshqa qiz ham suvga sakragan. Oqim uni ham oqizib ketgan. Shundan so‘ng bolalar yordamga chaqirgan.
Qizlardan birini yaqin atrofda yashovchi ayol xoda yordamida qutqarib olgan. Quyi oqimdagi ikkinchi qizni 43 yoshli erkak A.S. qutqargan, biroq o‘zi qirg‘oqqa chiqolmay qolgan. Uning jasadi 4 km masofadan topilgan.
Baxtsiz hodisaga sayr zonasi barpo etilayotgan joyda xavfsizlik talablariga rioya etib, suvga tushiladigan yo‘llar yopilmagani, kanal bo‘ylari betonlashtirilgani sabab tayanib chiqish imkoni bo‘lmagani sabab ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid

20:52
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

17:03
Metroning 9 ta bekatida ona-bola xonasi va hojatxona qurilishi va’da qilingandi. Bu amalga oshyaptimi?

20:24 / 19.05.2025