Jahon | 22:39 / 20.05.2025
3251
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

Yangi B61-13 bombasi quvvati 360 kilotonnagacha va yerosti bunkerlari, qo‘mondonlik postlarini o‘z ichiga olgan mustahkam harbiy nishonlarga zarba berish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Department of Energy

Qo‘shma Shtatlar eng yangi B61-13 gravitatsion yadroviy bombaning birinchi prototipini ishlab chiqarishni yakunladi, uning quvvati 360 kilotonnagacha. Bu muddatdan bir yil oldin sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Energetika vaziri Kris Rayt.

Uning so‘zlariga ko‘ra, B61-13 e’lon qilinganidan ikki yil o‘tmasdan yaratilgan va Sovuq urush davridan beri eng tez ishlab chiqilgan va qabul qilingan qurollardan biriga aylandi.

Raytning ta’kidlashicha, bu Qo‘shma Shtatlarning «yangi beqaror davrda» global xavfsizlik sohasidagi ortib borayotgan muammolarga tezda javob berish qobiliyatini namoyish etadi.

«AQSh yadroviy arsenalini modernizatsiya qilish prezident Donald Trampning «Tinchlik orqali kuch» yondashuviga erishish uchun juda muhim... Bu yutuq Amerika kuchini raqiblarimizga ham, ittifoqchilarimizga ham namoyish etadi», dedi vazir.

B61-13 - bu B61 yadro qurollari oilasining so‘nggi modifikatsiyasi. U B61-12 kabi ilg‘or xavfsizlik, ko‘p qatlamli himoya va aniq boshqarish xususiyatlariga ega, ammo yerosti bunkerlari va qo‘mondonlik postlarini o‘z ichiga olgan mustahkam harbiy nishonlarga zarba berish uchun mo‘ljallangan.

 

Mavzuga oid