Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va qurilish madaniyati eng dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni qurilish materiallari sanoatidagi ishlar va asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, yil yakunigacha 2,4 milliard dollarlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish miqdorini 53 trillion so‘mga, eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.
Taqdimotda mutasaddilar ushbu ko‘rsatkichlarga erishish chora-tadbirlari yuzasidan axborot berdi.
Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va qurilish madaniyati eng dolzarb masala ekanini ta’kidladi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, bunyodkorlik ishlarida ulardan kengroq foydalanish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident geologiya va ilmga katta e’tibor qaratib, ichki va tashqi bozorlar uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Energiya va resurs sarfi yuqori yo‘nalishlarni tahlil qilib, tejamkor innovatsion yechimlarni qo‘llash muhimligi qayd etildi.
O‘tgan yili tarmoqdagi yirik korxonalar energiya auditidan o‘tkazilganda 300 million kilovatt soat iqtisod qilish imkoniyati aniqlangan. Bunday korxonalarda texnologiyani yangilash hamda ish tartibini oqilona tashkil etish orqali xarajatlarni kamaytirish mumkinligi aytildi.
«Shaffof qurilish» platformasida qurilish materiallari korxonalari reyestrini tashkil qilib, u orqali sifat nazoratini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid

17:31
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

15:28
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

19:35 / 16.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi

09:41 / 16.05.2025