Jahon | 16:04 / 17.05.2025
1859
5 daqiqa o‘qiladi

Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili

Putin nega Zelenskiy bilan ko‘rishishni rad etdi? Arab shayxlarining Trampga bergan qop-qop va’dalari amalga oshadimi? AQSh Xitoy bilan savdo urushini muzlatdi: bu tirashuvda kim yutdi? Vashington kelishuvga oz qolganini aytmoqda: Eron yadro quroli g‘oyasidan voz kechishga tayyormi? PKK o‘z-o‘zini tarqatib yubordi: kurdlar qurollarini tashlayaptimi?

Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz’ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Putin nega Zelenskiyning to‘g‘ridan to‘g‘ri chaqiruvini rad etdi, sabablar nimada?

Anvar Yo‘ldoshev: Qisqacha qilib aytganda Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga bormasligi avvaldan ma’lum edi. Nega? Birinchidan, Putin Zelenskiyni nolegitim deb bir necha marta aytgan edi. Shundan keyin ham yana borib u bilan uchrashsa, o‘zining so‘ziga o‘zi qarshi chiqqan bo‘lardi. Qisqa qilib aytganda, mana shu sababdan Putin borgani yo‘q. Putin bundan keyin ham Zelenskiy bilan uchrashmaydi.

Shuhrat Rasul: 9 may kuni Si Jinping bilan prezident Putin o‘rtasidagi uchrashuvga e’tibor qaratishimiz kerak. Katta ehtimol bilan Kremldagi tadbirlar doirasida Putinga Xitoy lideri Kiyev bilan muzokara o‘tkazishni so‘ragan va Putin qandaydir va’dalar bergan bo‘lishi mumkin. Chunki mana shu bayram tadbirlari tugagandan keyingi kuni prezident Putin o‘n beshinchi mayda biz Ukraina tarafini Istanbulda kutamiz deb aytdi.

Undan tashqari Braziliya prezidenti Lula da Silva Xitoydan Braziliyaga qaytishda Moskva orqali uchib kelib besh soat aeroportda to‘xtagan va Putin bilan uchrashmoqchi bo‘lgan, lekin uchrashuv yuz bermagan.

Bektosh Berdiyev: Putin Ukraina tomoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qilgan, lekin Zelenskiy bilan uchrashuv haqida oldindan ham hech qanaqa gap yo‘q edi. Undan tashqari xorijiy safarlar kamida bir necha oy avvaldan rejalashtiriladi. Undan tashqari davlat rahbarlari odatda o‘zaro kelishuvga erishilgandan keyin faqatgina imzolash uchun uchrashuv o‘tkazishadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda Zelenskiy bilan uchrashuvga hali yetarlicha asos yo‘q edi deb o‘ylayman. Boshqa tomondan esa Vladimir Putin bugungi kunda imkon qadar uchrashish ehtimoli katta bo‘lgan shaxslar ko‘proq Yevropa liderlari yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan bo‘lishi mumkin. Agar haqiqatda Donald Tramp ma’lum bir takliflari bilan falon joyda uchrashamiz, uchrashuvga men tayyorman deydigan bo‘lsa, Vladimir Putin borish ehtimoli bor edi.

Istanbulga tashrif buyurgan delegatsiya darajasi va muzokara natijalari qanday bo‘ldi?

Kamoliddin Rabbimov: Putin Istanbuldagi muzokaralarga Medinskiyni yubordi. Medinskiy bu madaniyat vaziri. O‘zi asli diplomiga ko‘ra tarixchi, Rossiyadagi propagandaning otalaridan biri. Medinskiy Ukraina degan davlat bo‘lmagan degan g‘oyani ilgari surgan, Putin o‘ziga ma’qul bo‘lgan fikrlarni Medinskiy kabi shaxslardan oladi. Medinskiy uch yil oldin ham xuddi shu Istanbul formatida yig‘ilishlarda bo‘lgan.

O‘sha paytda Rossiya haqiqatda urushni to‘xtatishdan manfaatdor edi, chunki kollektiv G‘arb Ukrainaga mislsiz katta yordam berayotgandi va urush boshlangan birinchi oyda Putin judayam og‘ir bir ahvolga tushgandi.

Shuningdek, suhbat davomida AQSh-Xitoy savdo urushi, PKKning tarqatib yuborilishi, Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi, Eron-AQSh muzokaralari va Rossiya-Ukraina urushi atrofidagi vaziyat kabi haftaning muhim voqealari muhokama qilindi.

Qizg‘in kechgan suhbatni YouTube platformasida to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi

 

Mavzuga oid