Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Putinning farmoni bilan Oleg Salyukov lavozimdan olinib, RF Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: TASS
Vladimir Putin Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Oleg Salyukovni lavozimidan ozod etib, uni RF Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosarligiga tayinlandi.
«Salyukov Oleg Leonidovich lavozimidan ozod etilib, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin», — deyiladi Putinning farmonida.
Salyukov 2008 yildan 2010 yilga qadar Uzoq Sharq harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan, keyin esa 2014 yilga qadar RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajargan. 2014 yil mayda prezident farmoni bilan u Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni etib tayinlangan. 2023 yilda unga Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari birlashgan guruhi qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimi majburiyatlari yuklangan edi. Bundan tashqari, Salyukov 2025 yil 9 may kuni G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Qizil maydonda o‘tkazilgan harbiy paradni boshqargan.
Yangi lavozimga tayinlov generalning yaqin orada 70 yoshga to‘lishi fonida amalga oshirilmoqda — 21 may kuni Salyukov harbiy xizmat uchun belgilangan eng yuqori yosh chegarasida yetadi. Qonunchilikka muvofiq, bu yoshdagi ofitserlar Qurolli kuchlar safini tark etishi kerak.
Salyukov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sabab qator G‘arb davlatlarining sanksiyalariga uchragan.
Endi Oleg Salyukov ham kiritilgan RF Xavfsizlik kengashiga 2024 yildan beri sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

19:34 / 15.05.2025
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

19:17 / 15.05.2025