Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi
Hindiston bosh vaziriga ko‘ra, mamlakatning keyingi qadamlari Pokistonning harakatlariga bog‘liq.

Foto: Reuters
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi «Sindur» harbiy operatsiyasi doirasida Pokistonga zarbalar berish hozircha to‘xtatilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dehlining keyingi qadamlari Islomobodning harakatlariga bog‘liq.
«Biz aniq zarbalar berdik va ular faxrlanadigan havo bazalariga hujum qildik. Biz bu bazalarga katta zarar yetkazdik. Pokiston katta zarbaga uchraganidan keyin obro‘sini saqlab qolishga harakat qildi va dunyodan yordam so‘radi... Pokiston yordam so‘rab, o‘z hududidan Hindistonga terrorizm va harbiy hujumlarga yo‘l qo‘ymasligini aytganida, biz ularning taklifini ko‘rib chiqdik. Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi va endi Pokistonning qadamlariga muvofiq harakat qiladi», dedi Narendra Modi harbiy operatsiya boshlanganidan keyin birinchi ommaviy nutqida.
Hindiston bosh vaziriga ko‘ra, Pokiston bilan muzokaralar faqat terrorizm va Pokiston nazoratidagi Kashmirni qaytarish bo‘yicha olib borilishi mumkin.
«Boshqa hech narsa haqida emas», dedi Narendra Modi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro 7 mayga o‘tar kechasi avj oldi: Hindiston armiyasi Pokiston hududidagi nishonlarga zarba berdi. 10 mayga o‘tar kechasi Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
11 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi.
Mavzuga oid

17:07
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi

15:44
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin

13:35
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

22:12 / 05.06.2025