Rossiya qo‘shinlari Sumi va Zaporijjyaga hujum qildi
Sumi chekkasida sodir etilgan terakt oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi yaralandi. Zaporijjyada binolar vayron bo‘lgan, vayronalar ostidan odamlar topilgan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati
6 may, seshanba kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi shahri chekkasiga ballistik hujum uyushtirdi. Hujum natijasida uch kishi — 20 yoshli qiz, 41 yoshli erkak va 6 yoshli bola halok bo‘ldi, dedi Sumi viloyati ma’muriyati raisi Oleg Grigorov. «Yarador bo‘lgan to‘rt nafar bola va to‘rt nafar kattalar hozir tibbiy muassasalarda. Ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir», — deya qo‘shimcha qildi Grigorov.
Shuningdek, 6 may kuni kechqurun Rossiya Federatsiyasi Zaporijjya shahriga Shahed dronlari bilan hujum qildi. Zaporijjya VHM rahbari Ivan Fedorovning so‘zlariga ko‘ra, shaharga kamida 13 marta zarba berilgan. Zaporijjyadagi hujum natijasida binolar zarar ko‘rdi; dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar bor. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
6 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga qarshi turli yo‘nalishlardan 136 ta hujumkor dron va dron imitatorlarini uchirdi, deya xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Shahed tipidagi 54 ta dron urib tushirilgan, 70 ta imitator esa yo‘qotilgan.
Mavzuga oid

21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi

21:05 / 07.05.2025
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens

18:17 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

14:51 / 07.05.2025