Rossiya armiyasi Zaporijjyaga dronlar bilan zarba berdi
Rossiya 14 iyunga o‘tar kechasi Zaporijjyaga kamida beshta zarba berdi, deb xabar qildi Ukraina rasmiylari. Shaharda yong‘inlar boshlandi.

Foto: AP
Rossiya qo‘shinlari 14 iyun, shanbaga o‘tar kechasi Ukrainaning Zaporijjya shahriga uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Bu haqda Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati (OHM) rahbari Ivan Fedorov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Rossiya shaharga kamida besh marta zarba bergan.
«Avtomobillar va fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rdi. Yong‘inlar boshlandi. Hujum sodir bo‘lgan joylarda favqulodda xizmatlar ishlamoqda», — deb yozadi Fedorov. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
13 iyun kuni kechqurun Zaporijjya OHM rahbari Zaporijjyada havo hujumi haqida signal e’lon qildi va Rossiya tomonidan boshqariladigan havo bombalaridan foydalanish tahdidi haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

11:48 / 05.07.2025