Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Shtutgartda avtomobil bir guruh odamlarni bosib ketdi, jarohatlanganlar bor, bir kishi halok bo‘ldi.

Foto: Marco Krefting/dpa/picture alliance
Shtutgart (Baden-Vyurtemberg) markazida, Olgaeck tramvay bekati yaqinidagi piyodalar o‘tish joyida mashina bir guruh odamlarni bosib ketdi. Bu haqda 2 may, juma kuni politsiya vakiliga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
O‘t o‘chirish brigadasiga tayangan dpa axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida sakkiz kishi jarohat olgan, uch nafarining ahvoli og‘ir. Bir kishi uchun voqea joyida reanimatsiya tadbirlari amalga oshirildi. Kechqurun 46 yoshli ayol og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv mahalliy vaqt bilan 17:50 (Toshkent vaqti bilan 20:50) da sodir bo‘lgan. Uni Germaniya fuqarosi, qora rangli G-klassdagi "Mercedes" avtomobilining 42 yoshli haydovchisi sodir etgan va u qo‘lga olingan.
Politsiya buni «fojiali yo‘l-transport hodisasi» deb taxmin qilmoqda. Huquq-tartibot idoralari vakillari ijtimoiy tarmoqlarda: «Hozircha hujum yoki atayin uyushtirilgan akt belgilari yo‘q» deb yozdi.
Vaziyat yuzasidan tergov davom etmoqda. Bekat yaqinida harakat to‘xtatildi.
Mavzuga oid

08:06 / 14.04.2025
Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi

07:35 / 18.12.2024
2,8 ming dona o‘q olib kirmoqchi bo‘lgan avtomashina to‘xtatib qolindi

07:49 / 24.04.2024
Avtomashina oldi-sotdisi uchun o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

07:44 / 27.03.2024