Jamiyat | 08:06 / 14.04.2025
6857
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Joriy yilning 13 aprel kuni soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonobod ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1998 yilda tug‘ilgan D.A. HOWO rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1969 yilda tug‘ilgan piyoda G.D.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid