O‘zbekistonda Ta’lim kodeksini qabul qilish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Foto: xalqtaliminfo.uz
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, bunda:
- ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;
- insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;
- pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
- pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;
- ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim sub’yektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.
Ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.
Ta’lim kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Mavzuga oid

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

17:17 / 22.05.2025