O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
13888
3 daqiqa o‘qiladi

Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov

Yakshanba va dushanba kunlari ayrim hududlarda havo harorati +40°S gacha ko‘tarilishi mumkin. May oyi boshida issiqlik to‘lqinlari va kam yog‘ingarchilik oqibatida asosiy qishloq xo‘jalik maydonlarida qurg‘oqchilik xavfi oshadi. Aprel oxirida tog‘li hududlarda sel xavfi saqlanib qoladi.

Vaziyat tahlikali. Me’yordan 12-13 daraja chetlanish kutilmoqda, bu degani – juda yuqori harorat fonida anormal issiqlik to‘lqini yuzaga keladi degani. Avvaliga shimol hududlaridan, keyin Turkmaniston orqali, kartada ko‘rib turganimizdek, antitsiklon shakllanyapti. Yakshanba kuniga kelib bu issiq to‘lqin respublikaning judayam katta qismidan – aholi zich yashaydigan viloyatlardan o‘tyapti va bunda ham 12-16 daraja o‘rtacha me’yordan yuqori ko‘tarilish yuzaga kelyapti. Aprel oyining so‘nggi kunlari uchun bu judayam yuqori issiqlik to‘lqini hisoblanadi.

Bular – doimiy sovuq havo oqimlari kirib keladigan yo‘nalish. Xullas, dam olish va dushanba kunlari respublikada judayam issiq haroratlar kuzatiladi va bu issiq haroratlarning maksimal qiymatlari judayam yuqori bo‘ladi.

Shunaqa anomal ob-havo ortidan turli kutilmagan tabiat hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Xususan qishloq xo‘jaligida: zararkunandalar uchun yaxshi sharoit bu, chigirtkalar va boshqalar uchun. Shunga tayyor turish kerak, xavf-xatarni kamaytirish uchun amaliy choralar ko‘rish kerak.

Past bosimli atmosfera bosimi pastdan yuqoriga ko‘tarilish kuchi deyiladi. Bu jarayon havo oqimlarining almashuvchi chegaralarida kuchli shamollarni yuzaga keltiradi. Kuchli shamollar asosan kelayotgan haftaning seshanba kunlari yuzaga keladi. Bu asosan cho‘l hududlarida, avvaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida, keyin Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kuzatiladi.

Aprel oyi o‘zi namgarchilik oyi hisoblanadi. Bu kabi issiqdan keyin tog‘ etaklarida namgarchilik yetarli bo‘lishi, kunning ikkinchi yarmida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi kutiladi. Ya’ni keskin jadal yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Seshanba kuni asosiy cho‘l hududlarida: Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kuchli shamollar fonida seshanba kuni kuchli chaqmoq yig‘ilishi, yong‘inlar kuzatilishi mumkin, va umuman olganda kelayotgan haftalikda va hatto may oyining boshlarida ham respublikada qishloq xo‘jalik uchun ijobiy yog‘ingarchilik kutilmalari hozir mavjud emas.

Kartalarga qarab keyingi hafta boshlarida issiq harorat to‘lqini qirq darajali issiqni olib kelishini aytsak bo‘ladi. Uchinchi mayda Turkmaniston hududidan qirq bir darajali issiq kirib kelishini aytishimiz mumkin.

Mavzuga oid